DAVLAT SEKTORIDA HIGH-POTENTIAL (HIPO) XODIMLARNI ANIQLASH BO‘YICHA LOYIHALARNI BOSHQARISH MASALALARI

Authors

  • Nabiyev Muzaffar Satorovich Author

Keywords:

HiPo, davlat sektori, inson resurslari, loyiha boshqaruvi, kompetensiya, baholash tizimi, kadrlar siyosati.

Abstract

Ushbu maqolada davlat boshqaruvi tizimida yuqori salohiyatli (High-Potential – HiPo) xodimlarni aniqlash va ularni rivojlantirish jarayonlarini loyiha boshqaruvi yondashuvi asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda inson kapitali nazariyasi, iste’dodlarni boshqarish konsepsiyasi hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida HiPo xodimlarning mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat sektorida HiPo xodimlarni aniqlashning zamonaviy usullari, xususan, 360 darajali baholash, kompetensiyaga asoslangan baholash va talent pipeline mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida davlat sektorida HiPo xodimlarni aniqlash jarayonini loyiha sifatida boshqarish samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.

Published

2026-05-10