UZLUKSIZ TA’LIM: XALQARO TAJRIBA, INNOVATSIYA VA TRANSFORMATSIYA MASALALARI
Keywords:
uzluksiz ta’lim, innovatsiya, raqamli transformatsiya, integratsiya, xalqaro tajriba, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda uzluksiz ta’limning nazariy-metodik asoslari, pedagogik integratsiya jarayonlari hamda raqamli transformatsiya imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, rivojlangan davlatlarning ta’lim tajribasi O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirilgan holda o‘rganilib, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga immersiv texnologiyalar, interaktiv platformalar va zamonaviy pedagogik strategiyalarni tatbiq etishning afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari uzluksiz ta’lim tizimining barqaror rivojlanishi, o‘quvchi shaxsida kreativ fikrlashni shakllantirish hamda ta’lim sifatini jahon standartlariga moslashtirishga xizmat qiladi.