FROM "IT WILL HAPPEN" TO "YOU MUST WORK FOR IT": THE FOUNDATION OF BUILDING RESILIENT CHILDREN
Keywords:
bardoshlilik, mas'uliyat, bolalar tarbiyasi, iroda, motivatsiya, maqsadga intilish, mehnat tarbiyasi, ota-ona tutumi, psixologik rivojlanish, pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada bolalarda bardoshlilik va mas'uliyat hissini shakllantirish jarayonida ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan qo'llaniladigan tarbiyaviy yondashuvlarning bolalar psixologik rivojlanishiga ta'siri o'rganiladi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, bolaga "hamma narsa o'z-o'zidan bo'ladi" degan munosabatni singdirish emas, balki "muvaffaqiyat uchun harakat qilish kerak" tamoyiliga asoslangan tarbiya uslubi bolalarda irodaviy fazilatlarni, maqsadga intilishni va qiyinchiliklarni yengib o'tish qobiliyatini rivojlantiradi. Maqolada psixologik-pedagogik nazariyalar asosida bolalarga mas'uliyat va mehnat qadrini o'rgatishning amaliy usullari tahlil qilingan. Ota-onalar tutumining bolaning emotsional va kognitiv rivojlanishidagi hal qiluvchi o'rni ham alohida bayon etilgan.