GLOBAL PANDEMIYALARDAN KEYINGI OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TIZIMNING TRANSFORMATSIYASI

Authors

  • Ablaqulova Safinabonu Qobiljon qizi Author
  • Muyiddnova Sevinch Nuriddin qizi Author
  • Xolmuradov Bobur Baxrom o’g’li Author

Keywords:

Oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror rivojlanish maqsadlari, ochlik, inflyatsiya, pandemiya, iqlim o‘zgarishi, global inqiroz, oziqlanish muammolari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat narxlari.

Abstract

Ushbu maqola Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligi va ochlikka qarshi kurashning global ahamiyatini tahlil qiladi. 2030 yilga mo‘ljallangan SDG 2 maqsadi doirasida, pandemiya, iqlim o‘zgarishi va mojarolar kabi ko‘p qirralik muammolar oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligini yanada murakkablashtirayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada, shuningdek, oziq-ovqat narxlari inflyatsiyasining yuqori darajada davom etishi, bolalarning noto‘g‘ri ovqatlanishiga oid so‘nggi global ma’lumotlar va pandemiyaning oziq-ovqat tizimlariga uzoq muddatli ta’siri yuzasidan yangilangan statistikalar keltiriladi. Ochiq va murakkab vaziyat fonida 2030 yilga borib ochlikni tugatish maqsadlariga erishish uchun hali katta qiyinchiliklar mavjudligi ta’kidlanadi.

Author Biographies

  • Ablaqulova Safinabonu Qobiljon qizi

    QDTU 701-24 OOT talabasi

  • Muyiddnova Sevinch Nuriddin qizi

    QDTU 701-24 OOT talabasi

  • Xolmuradov Bobur Baxrom o’g’li

    QDTU “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi

Published

2025-10-22