RASSOMLIKDA RANG UYG‘UNLIGI VA KOMPOZITSIYA TAMOYILLARI
Keywords:
Rassomlik, rang uyg‘unligi, kompozitsiya, rang psixologiyasi, kontrast, proporsiya, simmetriya, ritm, estetik ta’sir, badiiy ifoda.Abstract
Ushbu maqolada rassomlik san’atida rang uyg‘unligi va kompozitsiya tamoyillarining o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Rang uyg‘unligi badiiy asarning hissiy va estetik ta’sirini oshiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada ranglarning psixologik ta’siri, issiq va sovuq ranglarning o‘zaro nisbatlari, kontrastlik va muvozanat tamoyillari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, kompozitsiyaning asosiy qoidalari — markaz, ritm, proporsiya va simmetriya kabi elementlar rang uyg‘unligi bilan birgalikda san’at asarining badiiy qiymatini belgilovchi mezon sifatida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida Sharq va G‘arb rassomligidagi rang yechimlari, zamonaviy san’atda kompozitsion yondashuvlar ham solishtirilib o‘rganilgan. Maqola natijalari rang tasvir yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda amaliy rassomlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.