O‘RTA OSIYODA MA’RIFAT VA MILLIY UYG‘ONISH G‘OYALARI: MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY FAOLIYATI MISOLIDA
Keywords:
Jadidchilik, Mahmudxo’ja Behbudiy, Ismoilbek G’aspirali, usul-i jadid, marifat, yangi maktab, Turkiston, milliy uyg’onish, matbuot, teatr, Fitrat, Munavvarqori, O’rta Osiyo.Abstract
Ushbu maqolada XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoda shakllangan jadidchilik tarixiy, ma’rifiy va ijimoiy – siyosiy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadidchilikning shakllanishiga sabab bo’lgan ijtimoiy omillar, Ismoilbek G’aspirali ilgari surgan “usul-i jadid” g’oyalarining Turkiston hududida tarqalishi hamda Mahmudxo’ja Behbudiyning mazkur harakatdagi o’rni chuqur yoritilgan. Maqolada Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan yangi usul maktablarining tashkil etilishi “Oyna” gazetasi orqali ma’rifat g’oyalarini targ’ib etishdagi faoliyati, shuningdek, teatr va matbuot sohasida olib borgan islohatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Behbudiy faoliyati O‘rta Osiyo xalqlari orasida milliy ong va ma’rifatni shakllantirishda muhim o‘rin tutgani, uning g‘oyalari keyingi jadidlar — Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li va Abdurauf Fitrat ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlanadi.