JADIDLAR MEROSINI SAQLASH VA TARG’IB ETISHDA SUN’IY INTELLEKTNING QO’LLANILISHI

Authors

  • Muxtorov Azizjon Botir o’g’li Author

Keywords:

jadidchilik harakati, sun’iy intellekt, raqamli gumanitar fanlar, madaniy meros, ma’rifat, raqamlashtirish, NLP, OCR, virtual kutubxona, jadid adabiyoti, tarixiy tafakkur.

Abstract

Mazkur maqolada jadidchilik harakati va uning tarixiy-ma’rifiy merosini asrab-avaylash hamda targ‘ib etishda sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jadidchilik g‘oyalari millatni ma’rifat, ilm-fan va taraqqiyot yo‘liga boshlagan tarixiy harakat sifatida baholanadi. Bugungi kunda bu merosni raqamlashtirish, matnlarni avtomatik tahlil qilish, virtual kutubxonalar, chatbotlar va multimedia vositalari orqali keng ommaga yetkazish zarurati asoslanadi. Sun’iy intellekt yordamida jadidlar asarlarini saqlash, ilmiy muomalaga kiritish hamda yoshlar ongida tarixiy tafakkurni shakllantirish istiqbollari yoritiladi. Maqolada tarixiy manbalar va raqamli gumanitar fanlar tajribasi asosida jadid merosining zamonaviy talqini tahlil etiladi.

Author Biography

  • Muxtorov Azizjon Botir o’g’li

    Toshkent Kimyo Xalqaro Univeristeti
    Samarqand filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi
    o’qituvchisi

Published

2025-10-24