MINTAQAVIY IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH TAFOVUTLARINI KAMAYTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

Authors

  • Samandarova Mohinur Qadamboy qizi Author

Keywords:

mintaqaviy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, tafovutlarni kamaytirish, nazariy asoslar, uslubiy yondashuvlar, hududiy taraqqiyot, iqtisodiy integratsiya, resurslarni taqsimlash, davlat siyosati, barqaror rivojlanish.

Abstract

Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari zamonaviy iqtisodiy fan va amaliyotda muhim rol o‘ynaydi. Bu masala nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyat a’zolarining hayot darajasiga ham bevosita ta’sir etadi. Mintaqalar o‘rtasidagi tafovutlar iqtisodiyotning tabiiy shakllanishi hamda resurslar, aholi zichligi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, hududiy tafovutlar mintaqalardagi ishlab chiqarish quvvatlarining notekis taqsimlanishi, davlat va mahalliy boshqaruv, investitsiya siyosati, transport va kommunikatsiya imkoniyatlari, mehnat resurslari va boshqa ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu tezisda Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tafovutlarini kamaytirishning nazariy-uslubiy asoslari haqida ma'lumotlar berilgan.

Author Biography

  • Samandarova Mohinur Qadamboy qizi

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti, Turizm kafedrasi stajor-o’qituvchisi

Published

2025-10-24