DIZARTRIYALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQNING PROSODIK KOMPONENTLARINI DIAGNOSTIKA QILISH METODIKALARIGA SHARH
Keywords:
dizartriya, prosodika, prosodik komponentlar, diagnostika,, metodika.Abstract
Ushbu maqolada dizartriyali maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning prosodik (intonatsion) tomonlarini aniqlashda eng mashhur va keng qo‘llaniladigan diagnostika metodikalariga sharh berilgan. E.F. Arxipova, N.Yu. Grigorenko va S.A. Tsybulskiy, E.A. Loginova va S.B. Yakovlev, O.I. Lazarenko, L.V. Lopatina, L.A. Pozdnyakova, E.A. Larina, N.S. Shik, N.V. Serebryakova, M.F. Fomicheva kabi mutaxassislarning metodikalari ko‘rib chiqilgan.
Mazkur metodikalarning nutqning prosodik tomonini baholashdagi turli yondashuvlari ta’kidlanadi. Shuningdek, bu uslublarning afzalliklari hamda ularni qo‘llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar tavsiflanadi. Har bir metodikaning qaysi prosodik komponentlarga yo‘naltirilganligi, diagnostika vaqtida ishlatiladigan usullar, hamda qaysi holatlarda bu metodikalar qo‘llanishi mumkinligi tahlil etiladi.