TURKISTONDA TASAVVUF TA’LIMOTINING TARQALISHI
Keywords:
tasavvuf, Yassaviya, tariqat, ma’rifat, haqiqat, ruhiy kamolot, ma’naviy meros.Abstract
Ushbu maqolada Turkiston hududida tasavvuf ta’limotining shakllanishi va tarqalishi jarayoni, uning ijtimoiy, ma’naviy hamda falsafiy ahamiyati tahlil etilgan. Muallif tarixiy manbalar va mashhur allomalar – Xoja Ahmad Yassaviy, Imom G‘azzoliy, Alisher Navoiy, Fitrat kabi mutafakkirlar qarashlariga tayangan holda, tasavvufning mohiyatini, maqsadi va inson ruhiy kamolotidagi o‘rnini yoritib beradi. Tadqiqotda tasavvufning lug‘aviy va falsafiy ma’nolari, uning asosiy bosqichlari – shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat tizimi keng tahlil qilinadi. Xulosa o‘rnida, tasavvuf va yassaviylik ta’limoti o‘z mohiyatiga ko‘ra insonni komillikka yetaklovchi, ma’naviy poklanish va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi diniy-falsafiy yo‘nalish sifatida baholangan.