OLIB KELINAYOTGAN OZIQ-OVQAT TOVARLARIDAN BOJXONA BOJI UNDIRISHGA ASOSIY TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

Authors

  • Shodiyev Tuychiboy Omonovich Author

Keywords:

bojxona boji, oziq-ovqat tovarlari, import, tarif siyosati, iqtisodiy xavfsizlik, bojxona nazorati.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan oziq-ovqat tovarlaridan bojxona boji undirish jarayoniga taʼsir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida bojxona tarif siyosati, oziq-ovqat mahsulotlarining turi va kelib chiqish mamlakati, importer subyektlarining huquqiy maqomi hamda ichki bozordagi talab va taklif muvozanati kabi omillarning bojxona bojlariga taʼsiri yoritilgan. Shuningdek, bojxona toʻlovlarini hisoblashda qoʻllaniladigan meʼyoriy hujjatlar va xalqaro standartlar tahlil qilinib, oziq-ovqat mahsulotlari importida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash va ichki ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.

Author Biography

  • Shodiyev Tuychiboy Omonovich

    Bojxona instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti Maxsus fanlar kafedrasi  katta oʻqituvchisi

Published

2025-10-26