FLIPPED-CLASSROOM USULINING CHET TILI DARSLARIDA SAMARADORLIGI

Authors

  • Quryozova Gulshan Akmal qizi Author

Keywords:

flipped-classroom, chet tili, samaradorlik, interaktiv ta’lim, innovatsion usullar, o‘quvchi faolligi, mustaqil o‘rganish, raqamli resurslar, talaba motivatsiyasi, zamonaviy pedagogika.

Abstract

So‘nggi yillarda taʼlim sohasida zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodikalar taʼlim jarayoniga keng joriy etilmoqda. Bu jarayonda flipped-classroom, yaʼni ag‘darilgan sinf usuli o‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi. An’anaviy darslar odatda o‘qituvchi tomonidan yangi mavzuning tushuntirilishi, so‘ngra o‘quvchilar tomonidan uyiga vazifa berilishi tarzida tashkil qilinsa, flipped-classroom modeli bu tartibni o‘zgartiradi. Mazkur usulda o‘quvchilar yangi mavzuni uyda, mustaqil tarzda o‘rganadilar, yaʼni u darsga tayyorgarlik ko‘rish bilan boshlanadi. Dars jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, fikr almashish va munozara qilish orqali chuqur o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Published

2025-10-27