IDIOMA IBORALARINI TARJIMA QILISHDAGI QIYINCHILIKLAR
Keywords:
IDIOMA, TARJIMA , MADANIY EKVALENT , PRAGMATIKAbstract
Til – inson tafakkuri va madaniyatining eng muhim ko‘zgusidir. Har bir xalq tili orqali o‘zining dunyoqarashi, qadriyatlari va urf-odatlarini ifodalaydi. Shuning uchun har bir tilning o‘ziga xos barqaror iboralari, ya’ni idiomatik iboralari mavjud.Idiomalar tilning badiiy boyligini oshiradi, nutqni obrazli, ta’sirchan va ifodali qiladi. Ammo ularni tarjima qilish jarayoni ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi, chunki ularning ma’nosi ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjimada yo‘qoladi. Idioma so‘zlarning alohida ma’nosidan emas, balki ularning birgalikdagi obrazli ifodasidan kelib chiqadi.Mazkur maqolada idiomatik iboralarni tarjima qilishdagi asosiy muammolar, ularning sabablari hamda samarali tarjima usullari tahlil qilinadi.
Downloads
Published
2025-10-27
Issue
Section
Articles