MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDA GIGIYENA NAZORATINING O‘RNI

Authors

  • Boboyeva Iroda Oʻtkir qizi Author

Keywords:

gigiyena nazorati, yuqumli kasalliklar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, profilaktika, emlash, sanitariya, bolalar sog‘lomligi, jamoat gigiyenasi.

Abstract

Ushbu maqola orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) larda yuqumli kasalliklarning oldini olish va unda gigiyena nazoratining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktabgacha ta’lim muassasalarida uchraydigan asosiy yuqumli kasalliklar — respirator, ichak, teri va parazitar infeksiyalar, ularning kelib chiqish sabablari hamda gigiyena sharoitlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Shuningdek Sanepidqo`m Narpay tuman boʻlimining 2024 yillik hisoboti va 2025 yil IX oylik hisoboti asosida MTT bolalari orasida gepatit A kasalligi bilan kasallanish darajasi tahlil qilindi, maʼlumotlar olindi va xulosa chiqarildi. Maqolada gigiyenik nazoratni kuchaytirish, ota-onalar va tarbiyachilarning gigiyena madaniyatini oshirish, profilaktik emlashni to‘liq amalga oshirish hamda xalqaro tajriba asosida samarali profilaktika dasturlarini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari bolalar sog‘lomligini mustahkamlash va MTT muhitida yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Author Biography

  • Boboyeva Iroda Oʻtkir qizi

    Samarqand viloyati Narpay tuman Sanitar epidemiologik qo‘mita Sanitar gigiyenik laboratoriyasi bo‘lim mudiri

    email: irodaboboyeva35@gmail.com

    ORCID: 0009-0006-9944-8770

Published

2025-10-29