DINIY MAZMUNDAGI MATERIALLARNI TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING HUQUQIY VA INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI
Keywords:
diniy mazmundagi materiallar, ma’muriy javobgarlik, jinoyat kodeksi, ekstremizm, diniy ekspertiza, inson huquqlari, proportsionallik, huquqiy asoslar, jinoyat va ma’muriy chegara, mutanosiblik, vijdon erkinligi, xalqaro huquq, Oliy sud amaliyoti, 184²-modda, 244¹-modda.Abstract
Mazkur maqolada diniy mazmundagi materiallar uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, ularning ma’muriy va jinoiy turlari o‘rtasidagi farqlanish hamda amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida diniy mazmundagi materiallarning Internet orqali tez tarqalishi davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bilan bog‘lanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu munosabat bilan, muallif Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184²-moddasi va Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi o‘rtasidagi normativ chegaralarning noaniqligini, ularni qo‘llashda proportsionallik va adolat tamoyillari buzilishini ilmiy asosda yoritadi.
Tadqiqotda normativ-huquqiy, solishtirma va analitik metodlar qo‘llanilgan bo‘lib, Diniy ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasi, Oliy sud amaliyoti hamda xalqaro huquq tamoyillari tahlil qilingan.
Diniy materiallar bilan bog‘liq javobgarlik inson huquqlariga zid emas, biroq u shaffof, aniq va differensial yondashuv asosida takomillashtirilishi zarur.