RAQAMLI DUNYODA MEDIASAVODXONLIKNING O’RNI
Keywords:
Raqamli dunyo, media savodxonlik, axborot xavfsizligi, soxta axborot, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli madaniyat, tanqidiy fikrlash, axborot oqimi, kiberxavfsizlik, axborot tahlili.Abstract
Hozirgi raqamli davrda axborot oqimining keskin ortishi, internet va ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizdagi oʻrni kengaygani sharoitida media savodxonlik insonning eng muhim kompetensiyalaridan biriga aylanmoqda. Media savodxonlik — bu shunchaki axborotni qabul qilish emas, balki uni tahlil qilish, baholash va toʻgʻri talqin etish qobiliyatidir. Raqamli dunyoda soxta axborot (feyk news), manipulyativ kontent va kiberxavfsizlik muammolari keng tarqalayotgani sababli, fuqarolarning media madaniyatini oshirish jamiyat barqarorligi va axborot xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, taʼlim tizimida media savodxonlikni rivojlantirish, yoshlarni tanqidiy fikrlashga, mustaqil axborot tahliliga oʻrgatish raqamli davrning strategik vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar taʼsirida shakllanayotgan yangi kommunikatsiya muhitida media savodxonlikning oʻrni, ahamiyati va rivojlantirish yoʻllari tahlil etiladi.