GENETIK KASALLIKLAR VA ULARNING OLDINI OLISH STRATEGIYALARI
Keywords:
genetik kasalliklar, monogen va poligen kasalliklar, irsi kasalliklar, genetik mutatsiyalar, genetik diagnostika, prenatal diagnostika,preimplantatsion genetik diagnostika (PGD),carrier screening (gen tashuvchilarini aniqlash),genetik maslahatchilik,molekulyar-genetik texnologiyalar,irsi omillar,sog‘lom avlod,kasalliklarning oldini olish strategiyalari,genetik profilaktika,etik va ijtimoiy masalalar genetikada,avlod xavfsizligi, irsi kasalliklarni kamaytirish, innovatsion genetika.Abstract
Ushbu maqola genetik kasalliklar va ularning oldini olish strategiyalariga bag‘ishlangan. Genetik kasalliklar insoniyat uchun jiddiy sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradi va ularning tarqalishi irsiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada monogen va poligen genetik kasalliklarning turlari, ularning patogenezi va klinik ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olishda genetik maslahatchilik, prenatal va preimplantatsion diagnostika, carrier screening (gen tashuvchilarini aniqlash) hamda zamonaviy molekulyar-genetik texnologiyalarning roli muhokama qilinadi. Maqola aholida genetik kasalliklar xavfini kamaytirish va sog‘lom avlod yetishtirish uchun samarali strategiyalarni o‘rganishga qaratilgan, shuningdek, genetik kasalliklar bilan bog‘liq ijtimoiy va etik masalalarga ham e’tibor qaratiladi.