BYUDJET TASHKILOTLARIDA MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH JARAYONLARINI AUDIT QILISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
audit, byudjet tashkilotlari, mehnatni rag‘batlantirish, shaffoflik, samaradorlik, zamonaviy yondashuvlar.Abstract
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida mehnatni rag‘batlantirish jarayonlarini audit qilishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda rag‘batlantirish tizimining mohiyati, uning samaradorlikka ta’siri hamda moliyaviy intizomni ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Metodologik asos sifatida nazariy tahlil, qiyosiy va empirik yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, mavjud amaliyotlarda rag‘batlantirish fondlarining shakllanishi va taqsimlanishida shaffoflik yetarli emasligi aniqlanib, bu xodimlar motivatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Muhokama jarayonida xalqaro tajribalar va mashhur olimlarning qarashlariga tayanilgan holda, audit nafaqat moliyaviy nazorat, balki maslahat beruvchi va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlangan. Maqola yakunida byudjet tashkilotlarida rag‘batlantirish jarayonlarini audit qilishni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.