AXBOROT KUTUBXONALARNING TARG'IBOTCHILIK USULLARINI TASHKIL ETISH

Authors

  • Surayyo Norbekova Ikrom qizi Author

Keywords:

axborot kutubxonasi, targ‘ibotchilik, axborot xizmatlari, innovatsion usullar, foydalanuvchi, kutubxona faoliyati, axborot resurslari, marketing, zamonaviy texnologiyalar, axborot madaniyati.

Abstract

Axborot-kutubxonalar bugungi kunda ilmiy, madaniy va ma’rifiy sohaning muhim ijtimoiy institutlaridan biri hisoblanadi. Kutubxonalar o‘z faoliyatini zamon talablari asosida olib borishi, ya’ni aholining axborot va bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini yuqori saviyada ta’minlashi zarur. Bunda axborot-kutubxona faoliyatini ommalashtirish va doimiy ravishda samarali xatlov va targ‘ibot ishlari olib borish dolzarb masalalardan sanaladi. Axborot-kutubxonalar jamiyatda muhim axborot manbai sifatida doimo rivojlanib, o‘z faoliyati doirasini kengaytirib borishi lozim. Kitobxonlar sonini ko‘paytirish, ularni kutubxonalarga jalb etish, aholini kutubxonalarda mavjud resurslardan kengroq va samaraliroq foydalanishga undash, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda innovatsion xizmatlarni targ‘ib qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalari hisoblanadi.

Author Biography

  • Surayyo Norbekova Ikrom qizi

    Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari

Published

2025-11-07