O‘ZBEKISTONDA MAHALLANING IJTIMOIY HIMOYA TIZIMIDAGI TARIXIY ROLI
Keywords:
mahalla, ijtimoiy himoya, tarixiy rol, xalq qadriyatlari, hamjihatlik, insonparvarlik, ehtiyojmand oilalar, mahalla tizimi, Yangi O‘zbekiston, ijtimoiy barqarorlik, davlat va xalq birdamligi.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mahalla institutining tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy himoya tizimidagi roli keng tahlil qilinadi. Mahalla nafaqat yashash joyi sifatida, balki xalqni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va birdamlik timsoli bo‘lgan muhim ijtimoiy institut sifatida
shakllangan. Tarixiy manbalarda mahalla oqsoqol, oqila ayollar va yoshlar yetakchilari orqali aholi muammolarini hal qilish, tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash bilan shug‘ullangan. Mustaqillik davrida mahalla tizimi modernizatsiyalashgan, aholining ehtiyojmand qatlamiga bevosita yordam ko‘rsatishda markaziy o‘rin egalladi. Maqolada mahalla tizimining zamonaviy tashabbuslari, masalan, “Ayollar daftari”,
“Yoshlar daftari”, “Temir daftar” kabi loyihalar orqali ijtimoiy himoya tizimida qanday samarali rol o‘ynashi yoritiladi. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida mahalla davlat va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarayotgani, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligidagi o‘rni tahlil qilinadi.