DINNI RAQAMLI ZAMONAGA MOSLASHTIRISH: INTERNETDA DINIY TA'LIMOTLAR VA ULARNINGTARQALISHI

Authors

  • Xudoyberdiyev Rashid Zokir o‘g‘li Author
  • Abdujabborov Abduxalil Ravshanbek o’g’li Author

Keywords:

Raqamli din, internet, diniy ta’limot, onlayn ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar, ma’naviyat, diniy qadriyatlar, ekstremizm.

Abstract

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida inson hayotining deyarli barcha jabhalari internet bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Shu jumladan, din sohasida ham raqamli vositalar muhim o‘rin egallay boshladi. Diniy bilimlarni yetkazish, targ‘ibot ishlari olib borish, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda internet platformalari keng imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, shu bilan birga bu jarayon diniy axborotni noto‘g‘ri talqin qilish, ekstremistik g‘oyalar tarqalishi kabi xavflarni ham yuzaga keltirmoqda.

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va internetning diniy ta’limotlarning tarqalishiga ta’siri, onlayn diniy ta’limning afzalliklari hamda uning salbiy oqibatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli makonda diniy kontentni nazorat qilish, ishonchli manbalarni targ‘ib etish va diniy ma’rifatni zamonaviy shakllarda yetkazishning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola yoshlar orasida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirishda internetdan to‘g‘ri foydalanish zarurligini asoslab beradi.

Author Biographies

Published

2025-11-08