UILYAM SHEKSPERNING "GAMLET" TRAGEDIYASI TAHLILI
Keywords:
Shekspir, Gamlet, tragediya, inson ruhiyati, adolat, vijdon, falsafiy tafakkur.Abstract
Ushbu maqolada ingliz adabiyotining buyuk namoyandasi Uilyam Shekspirning mashhur “Gamlet” tragediyasi tahlil qilinadi. Asarda inson ruhiyati, vijdon, adolat va hayot ma’nosi kabi falsafiy masalalar yoritilgan. Maqolada Gamlet obrazining ichki kechinmalari, uning tafakkuridagi ziddiyatlar hamda asarda ezgulik va yovuzlikning kurashi tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Shekspirning dramaturgiya san’atiga qo‘shgan hissasi va “Gamlet” asarining bugungi kun uchun dolzarbligi ham yoritilgan. Tadqiqot natijasida “Gamlet” obrazi insoniyat tafakkurining abadiy ramziga aylangani ilmiy va badiiy jihatdan asoslab beriladi.
Downloads
Published
2025-11-08
Issue
Section
Articles