XALQARO LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH BOZORI ISTIQBOLLI YOʻNALISHLARI

Authors

  • Sapayeva Aida Kadambay qizi Author

Keywords:

Loyihaviy moliyalashtirish, investitsiya, xalqaro moliya bozori, davlat-xususiy sheriklik, risklarni boshqarish, kapital qo‘yilmalar, infratuzilma loyihalari, moliyaviy resurslar.

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro loyihaviy moliyalashtirish bozorining rivojlanish tendensiyalari, uning iqtisodiy o‘sish jarayonlaridagi o‘rni hamda zamonaviy moliyaviy instrumentlar qo‘llanishi tahlil etiladi. Xususan, O‘zbekiston sharoitida yirik infratuzilma, energetika, transport va ijtimoiy soha loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, banklar va xususiy investorlar bilan hamkorlik qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli, uzoq muddatli kreditlash, garovsiz loyihaviy moliyalashtirish va risklarni taqsimlash tamoyillarining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqtisodiyoti modernizatsiyasi jarayonida xalqaro loyihaviy moliyalashtirishning strategik ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Sapayeva Aida Kadambay qizi

    O‘zbekiston Respublikasi

    Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Published

2025-11-10