BOLALARNI MAKTABGA TAYYORGARLIK DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH

Authors

  • Akbaraliyeva A.T Author
  • Nuritdinova M.Sh Author

Keywords:

bolalar, maktabga tayyorgarlik, aqliy rivojlanish, tafakkur jarayoni, diagnostika, psixologik metodika.

Abstract

Ushbu maqolada maktabga tayyorlov bosqichidagi bolalarning aqliy rivojlanishi va tafakkur jarayonlarini diagnostika qilish tahlil qilinadi. Tadqiqotda 90 nafar bola ishtirok etib, “ob’ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta’riflash” metodikasi qo‘llanildi. Maqsad – bolalarning so‘z-mantiqiy fikrlash, taqqoslash va farqni aniqlash qobiliyatlarini baholash, maktabga tayyorlik darajasini aniqlashdir. Natijalar individual farqlarni ochib berdi: ayrim bolalar maktabga tayyorgarlik darajasi yuqori, boshqalari o‘rtacha yoki past. Olingan ma’lumotlar pedagogik va psixologik tavsiyalar ishlab chiqishda ilmiy yangilik sifatida ahamiyat kasb etadi.

Author Biographies

  • Akbaraliyeva A.T

    Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi

  • Nuritdinova M.Sh

    Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika va Psixologiya” yo‘nalishi 4 – kurs  talabasi

Published

2025-11-10