MAKTABDA INFORMATIKA BO'YICHA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
Keywords:
informatika, sinfdan tashqari ishlar, to‘garak, AKT, ijodkorlik, o‘quvchi faolligi, innovatsion metodlar.Abstract
Ushbu maqolada informatika fanidan maktabda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning mazmuni, ahamiyati va samarali metodlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning informatikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlashini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni beqiyosdir. Maqolada to‘garak mashg‘ulotlari, olimpiadalar, loyihaviy ishlar, tanlovlar va ijodiy musobaqalarni tashkil etishning metodik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sinfdan tashqari ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish o‘quvchilarning informatikaga qiziqishini sezilarli darajada oshirishi va ularning kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.