SOGʻLOM AVLOD TARBIYASIDA JISMONIY TARBIYANING OʻRNI

Authors

  • Narzullayev Mavlonbek Zikrillo oʻgʻli Author

Keywords:

jismoniy tarbiya, sog‘lom avlod, sog‘lom turmush tarzi, bola rivojlanishi, jismoniy faoliyat, sport madaniyati, maktab salomatligi, farovonlik, profilaktika sog‘lig‘i, yoshlar jismoniy chiniqishi.

Abstract

Sogʻlom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya oʻta muhim o‘rin egallaydi. Jismoniy tarbiya avvalo inson salomatligini mustahkamlash, tana va ruhiy rivojlanishni ta’minlash orqali jamiyat uchun har tomonlama barkamol, yetuk shaxslarni voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Inson organizmining to‘g‘ri va uyg‘un rivojlanishi ta’lim-tarbiya tizimida jismoniy tarbiyaning uzviy tarkibiy qismiga aylanishini taqozo etadi. Jismoniy mashqlar bilan doimiy shug‘ullanish orqali bolalar va yoshlar nafaqat jismonan chiniqadi, ularda mehnatsevarlik, intizom, sabr-toqat, mashaqqatga bardoshlilik, irodalilik, o‘zini boshqarish kabi sifatlar shakllanadi. Shu sababli jismoniy tarbiya bolaning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ong va ma’naviy dunyosini to‘ldirish borasida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Narzullayev Mavlonbek Zikrillo oʻgʻli

    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

Published

2025-11-14