XRISTIANLIKNING YANGI OQIMLARI: YEVROPA VA AMERIKADA PROTESTANTIZMNING INNOVATSION SHAKLLARI

Authors

  • Khudoyberdiyev Rashid Zokir o‘g‘li Author
  • Abdurahmonova Nafosat Jasur qizi Author

Keywords:

Protestantizm, innovatsion shakllar, Fresh Expressions, post-liberal protestantizm, pentekostal harakat, karizmatik oqimlar, megacherkovlar, evangelikal yangilanishlar, onlayn cherkov, sekulyarizatsiya, globalizatsiya, diniy individualizm, ijtimoiy funksiyalar

Abstract

Maqolada Yevropa va Amerikada protestantizmning XXI asrda shakllangan innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Sekulyarizatsiya, globallashuv, raqamli texnologiyalar va madaniy xilma-xillik protestant cherkovlarining mazmuni va shakllarini yangilashga sabab bo‘lmoqda. “Fresh Expressions”, post-liberal protestantizm, pentekostal va karizmatik oqimlar, megacherkovlar, evangelikal yangilanishlar hamda onlayn cherkov modeli kabi zamonaviy shakllar teologik xususiyatlari, ijtimoiy funksiyasi va jamiyatdagi o‘rnini yoritadi. Tadqiqot natijalari protestantizmning global diniy makondagi dinamik rivojlanishini va zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashish qobiliyatini ko‘rsatadi.

XXI asr diniy hayoti jadal globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va madaniy pluralizmning ta’siri ostida sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Xristianlikning protestant oqimi, o‘zining an’anaviy dogmatik va ritual tizimi bilan tanilgan bo’lishiga qaramay, yangi davr sharoitida innovatsion shakllar orqali jamiyatning ehtiyojlariga javob berishga intilmoqda. Yevropada sekulyarizatsiya jarayoni kuchli bo’lib, aholining diniy institutlarga qatnashuvi kamaygan, ko‘plab cherkovlar o‘z mavqeini saqlab qolish uchun zamonaviy strategiyalarni ishlab chiqishga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga, Shimoliy va Janubiy Amerikada protestantizm jadal sur’atda rivojlanib, yangi, dinamik va ijtimoiy jihatdan faol shakllarga ega bo‘lmoqda.

Author Biographies

Published

2025-11-16