DIN VA IJTIMOIY TARMOQLAR: INTERNETDAGI DINIY GURUHLAR VA ULARNING TA'SIRI
Keywords:
Din, ijtimoiy tarmoqlar, internet, diniy guruhlar, radikalizm, ekstremizm, virtual dindorlik, axloqiy tarbiya, ma’naviyat, vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar, yoshlar ongi, ijtimoiy xavfsizlik.Abstract
Ushbu maqolada din va diniy qadriyatlarning internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalishi, virtual makonda diniy guruhlarning shakllanish jarayoni, ularning yoshlar ongiga, jamiyat ma’naviyatiga hamda ijtimoiy xavfsizlikka ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, diniy kontentning ijobiy jihatlari – ma’rifat tarqatish, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ummat birligini shakllantirish bilan bir qatorda, salbiy tomonlari – radikalizm, ekstremistik g‘oyalar, noto‘g‘ri diniy talqinlar va virtual dindorlik kabi hodisalar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mamlakatimizda din sohasini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar, xususan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun (1998-yil, 2021-yilda yangi tahriri) va boshqa normativ-huquqiy asoslar ham ko‘rib chiqilgan.