MAVZU:O‘ZBEKISTONDA STOL TENNISI SPORT TURINI OMMAVIY RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
stol tennisi, ommaviy sport, infratuzilma, murabbiylar tayyorlash, yoshlar sporti, sport tizimi, O‘zbekiston sporti, takomillashtirish strategiyasiAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda stol tennisi sport turini ommaviy rivojlantirish tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hujjatli tahlil, kuzatuv, suhbat va taqqoslama metodlardan foydalanildi. Natijalar infratuzilmaning notekis rivojlanishi, malakali murabbiylar yetishmasligi, yoshlar dasturlarining cheklanganligi va moliyalashtirishdagi muammolarni ko‘rsatdi. Muammo yechimi sifatida murabbiylar malakasini oshirish, hududiy infratuzilmani kengaytirish, ommaviy musobaqalar tizimini rivojlantirish va xususiy sektorni jalb qilish taklif etiladi. Tadqiqot O‘zbekistonda stol tennisi sportining ommaviylashuvi va xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Downloads
Published
2025-11-18
Issue
Section
Articles