MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI – RAQAMLASHUV DAVRINING ASOSIY TALABI HAMDA RAQAMLI GIGIYENA VA NETIKET

Authors

  • Abdupattayev Xasanboy Abdurahmonovich Author
  • Qayumova Azizaxon Sayifiddin qizi Author

Keywords:

Media savodxonligi, axborot savodxonligi, raqamlashuv, raqamli gigiyena, netiket, axborot madaniyati, internet xavfsizligi, raqamli fuqarolik, desinformatsiya.

Abstract

Maqolada media va axborot savodxonligining raqamlashuv jarayonidagi o‘rni, uning zamonaviy jamiyat uchun asosiy kompetensiya sifatidagi ahamiyati hamda raqamli gigiyena va netiketning axborot madaniyatini shakllantirishdagi roli keng tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida yoshlar va katta avlod vakillarining axborot iste’moli xususiyatlari, internet muhitidagi xavf-xatarlar, noto‘g‘ri ma’lumotlar oqimi va individual himoya mexanizmlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqot raqamli savodxonlikni shakllantirishda ta’lim tizimi, oilaviy tarbiya, davlat siyosati va shaxsiy madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Media savodxonligi, raqamli gigiyena va netiketning uyg‘un qo‘llanishi raqamli fuqarolikni rivojlantirishning asosiy sharti ekani ilmiy xulosalar orqali asoslab berilgan.

Author Biographies

  • Abdupattayev Xasanboy Abdurahmonovich

    Qo’qon Davlat Pedagogika Universiteti o’qituvchisi

  • Qayumova Azizaxon Sayifiddin qizi

    Qo’qon Davlat Pedagogika Universiteti

    Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabasi

Published

2025-11-19