O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI: MAS’ULIYAT HISSINI OSHIRISH
Keywords:
ekologik ong, mas’uliyat, psixologik mexanizm, motivatsiya, ekologik tarbiya, qadriyatlar, ekologik loyiha, refleksiyaAbstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish jarayonining psixologik mexanizmlari va mas’uliyat hissini kuchaytirish omillari tahlil qilingan. Ekologik tahdidlar ko‘payib borayotgan davrda yosh avlodning ekologik madaniyatini rivojlantirish ta’limning eng muhim vazifalaridan biridir. Tadqiqotda o‘quvchilarda ekologik idrok, e’tiqod, qadriyat hamda xulqiy reaksiyalar shakllanishi psixologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Muloqot, namuna, emotsional ta’sir, kuzatish, refleksiya va ijtimoiy o‘rnakning mas’uliyat hissini oshirishdagi roli ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, motivatsion yondashuv, rag‘batlantirish, kichik guruhlarda ekologik loyihalar tashkil etish, “ekologik o‘yinlar” va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llash kabi usullar ekologik mas’uliyatni kuchaytiruvchi samarali vosita sifatida baholangan. Maqola ekologik ta’limda psixologiyaning ahamiyatini chuqur tushuntirishga, maktablarda samarali strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.