BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KASBIY-MA’NAVIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH: PEDAGOGIK ASOSLAR
Keywords:
kasbiy ma’naviyat; tibbiy etika; deontologiya; shifokor shaxsi; pedagogik model; empatiya; javobgarlik; axloqiy qaror; tibbiy ta’lim; bo‘lajak shifokorlar.Abstract
Maqolada bo‘lajak shifokorlarning kasbiy-ma’naviy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik asoslari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tibbiyot oliy ta’limida shifokor shaxsining ma’naviy-axloqiy kamoloti – empatiya, mas’uliyat, halollik, insonparvarlik, deontologik madaniyat, professional kommunikatsiya kabi fazilatlar – kasbiy kompetensiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida yoritiladi. Tadqiqotda ma’naviy tarbiya, tibbiy etika, deontologiya, axloqiy dilemmalarni hal etish, refleksiya, kommunikativ treninglar va amaliy vaziyatlar asosida qaror qabul qilish metodlarining ta’lim jarayonidagi o‘rni ilmiy asosda tahlil etilgan.
Bo‘lajak shifokorlarning kasbiy-ma’naviy tayyorgarligini rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar – innovatsion o‘qitish texnologiyalari, integrativ yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, simulyatsion mashg‘ulotlar, ma’naviy baholash mezonlari va tizimli refleksiya mexanizmlari – alohida asoslab berilgan.Downloads
Published
2025-11-19
Issue
Section
Articles