NAFAS OLISH TIZIMI
Keywords:
nerv tolalari, sinapslar, impuls uzatilishi, neyronlar, asab tizimi, mediatorlar, depolarizatsiya, postsinaptik membrana, nerv impulsi, sinaptik uzatish.Abstract
Nafas olish tizimi tirik organizmlar hayot faoliyatining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Inson uchun nafas olish jarayoni organizm tomonidan atmosferadan kislorod qabul qilinishi va chiqindilar, ya’ni karbonat angidrid gazini tashqariga chiqarib yuborishni o‘z ichiga oladi. Nafas olish hayot uchun zarur bo‘lgan muhim fiziologik jarayon bo‘lib, biologik energiyaning hosil bo‘lishida va hujayralarning hayotiy faoliyatini amalga oshirishda asosiy ahamiyatga ega. Nafas olish tizimi ko‘plab strukturalar va organlardan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro muvofiqlashgan holda ishlaydi. Nafas yo‘llari, o‘pka, nafas o‘tkazuvchi yo‘llar, bronxlar va bronxiolalar, so‘ngra alveolalar va o‘pkaning kapillyarlari nafas olish tizimini tashkil etadi. Bu tarkibiy qismlar orqali nafas olish jarayoni to‘liq va samarali bo‘lib, barcha hujayralar hayoti uchun kislorod yetkazib beriladi hamda karbonat angidrid tashqariga chiqariladi.