TIZIMLI SKLERODERMIYA VA YUVENIL DERMATOMIOZITNING BIRGALIKDA KECHISHI: KLINIK HOLAT

Authors

  • T.A. Bobomuratov Author
  • Sh.Sh. Mallayev Author
  • M. G’. Muxtorov Author

Keywords:

Tizimli sklerodermiya, yuvenil dermatomiozit, bolalar revmatologiyasi, biriktiruvchi to‘qima aralash kasalligi, kontraktura, immunosupressiv davolash

Abstract

Yuvenil dermatomiozit (YDM) va tizimli sklerodermiya (TS) bolalik davridagi kam uchraydigan autoimmun kasalliklar sirasiga kiradi. Ularning birgalikda kechishi esa nihoyatda noyob holat sanaladi. Ushbu maqolada 12 yoshli o‘g‘il bolada YDM va TS birga rivojlangan klinik holat taqdim etiladi. Bemor tanasida allergik toshmalar, terida yarali tugunchalar, kontrakturalar, mushak og‘riqlari, kiloid chandiqlar va bo‘g‘imlarning qotishi bilan namoyon bo‘lgan. Laborator va instrumental tekshiruvlar orqali biriktiruvchi to‘qima aralash kasalligi tasdiqlangan. Kompleks immunosupressiv va simptomatik davo fonida bemor holati barqarorlashgan. Bu holat bolalarda mikst biriktiruvchi to‘qima kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks yondashuvning muhimligini ko‘rsatadi

Author Biographies

  • T.A. Bobomuratov

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

  • Sh.Sh. Mallayev

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

  • M. G’. Muxtorov

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Published

2025-11-21