OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING PAYDO BOʻLISHI, MAʼDANIY-TARIXIY IJTIMOIY-HUQUQIY SHART-SHAROITLARI

Authors

  • Qodirova Habiba Author

Keywords:

ijtimoiy pedagogika, O‘zbekiston, ma’naviy-madaniy meros, tarixiy shart-sharoitlar, huquqiy asoslar, jadidchilik, mahalla instituti, ta’lim islohotlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ijtimoiy tarbiya, yoshlar siyosati, pedagogik meros, mustaqillik davri, tarbiya tizimi, ijtimoiy muhit

Abstract

Ushbu ishda Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ma’naviy-madaniy, tarixiy hamda ijtimoiy-huquqiy omillar yoritilgan. Mustaqillikdan keyingi davrda jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, ta’lim tizimidagi islohotlar, oilani qo‘llab-quvvatlash siyosati, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davlat darajasida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ijtimoiy pedagogika fanining shakllanishiga asos bo‘lgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, qadimgi Sharq tarbiya merosi, jadidchilik harakati, mahalla institutining tarixiy o‘rni kabi madaniy hamda milliy qadriyatlar ijtimoiy pedagogikaning nazariy poydevorini tashkil etgani tahlil qilingan. Ishda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun kabi hujjatlar ijtimoiy pedagogikaning huquqiy asosini mustahkamlab bergani ta’kidlangan. Natijada ijtimoiy pedagogikaning ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tarixiy, madaniy va huquqiy shart-sharoitlar keng yoritib berilgan

Author Biography

  • Qodirova Habiba

     

    University of Management and Future Technologies Universitetining Pedagogika va Psixalogiya Fakulteti Talabasi

Published

2025-11-21