O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA PRAGMATIK BIRLIKLARNING NUTQ JARAYONIDAGI FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Alibekova Ro‘zixon Author

Keywords:

Pragmatika, nutq akti, deiksis, nutq etiketi, presuppozitsiya, implikatura, kommunikativ kompetensiya, kontekst.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida pragmatik birliklarning nutq jarayonidagi o‘rni va ularning kommunikativ samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Pragmatika — nutqning mohiyatini, ma’no ortidagi niyat, kontekst, vaziyat, suhbatdoshlar o‘rtasidagi munosabat va ijtimoiy omillarni o‘rganadigan lingvistik yo‘nalish sifatida izohlanadi. Maqolada pragmatik birliklar tarkibiga kiruvchi deiktik vositalar, nutq aktlari, nutq etiketi, presuppozitsiya, implikatura kabi unsurlar alohida ko‘rib chiqiladi hamda ularning mazmunni anglashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tili nutq amaliyotida pragmatik birliklarning qo‘llanish darajasi, ularning ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘liqligi, o‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pragmatik birliklarning to‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat nutq mazmunining aniq yetkazilishiga, balki muloqot jarayonining madaniy va psixologik barqarorligiga ham xizmat qiladi. Maqola yakunida o‘zbek tilini o‘qitishda pragmatik yondashuvdan foydalanish bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan

Author Biography

  • Alibekova Ro‘zixon

    Qoʻqon Universiteti Andijon filiali
    Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi
    25–16-guruh talabasi
    Telefon: +998 33-372-68-54
    Email: alibekovarozixon@gmail.com

     

Published

2025-11-21