BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AVZALLIKLARI

Authors

  • Ravshanova Zarifa Axror qizi Author

Keywords:

.Boshlang‘ich ta’lim, matematika, interfaol metodlar, o‘quv jarayoni, mantiqiy fikrlash, kompetensiya, guruhli ish, aqliy hujum, klaster, innovatsion texnologiyalar, pedagogik yondashuv

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik, psixologik va amaliy afzalliklari yoritiladi. Interfaol yondashuvlar o‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirib, mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, muammoni hal etish, jamoada ishlash va ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni shakllantiradi. Matematika fanining murakkab mavzularini tushuntirishda “Aqliy hujum”, “Baliq skeleti”, “Insert”, “Klaster”, “Juftlikda ishlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Bitta stol – bitta fikr” kabi interfaol metodlardan foydalanish darsni jonlantiradi, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi hamda mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llangan darslarda o‘quvchilar matematik tushunchalarni amaliy faoliyat orqali o‘zlashtiradi, bu esa bilimning barqarorligi va mustahkamligini ta’minlaydi. Shuningdek, interfaol metodlar boshlang‘ich yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlariga mos bo‘lib, ularning diqqatini jamlash, xotirasini rivojlantirish va matematik savodxonligini oshirishda samarali vosita hisoblanadi. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, metodistlar va tadqiqotchilar uchun amaliy tavsiyalarni beradi

Author Biography

  • Ravshanova Zarifa Axror qizi

    Iqtisodiyot va Pedagogika instituti

    pedagogika mutaxassisligi magistratura 1- bosqich

    708-guruh talabasi 

Published

2025-11-21