TA’LIMNI TABAQALASHTIRISH YO‘LLARI VA USULLARI.TABAQALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Moyliyeva Dildora Abdurasulovna Author

Keywords:

tabaqalashtirilgan ta’lim, differensial yondashuv, individual rivojlanish, o‘quvchi qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi, pedagogik strategiya, moslashtirilgan o‘qitish, innovatsion metodlar, o‘quv jarayoni samaradorligi, pedagogik texnologiya

Abstract

Ushbu ishda ta’limni tabaqalashtirishning nazariy asoslari, uning mazmuni, maqsadi va amaliy qo‘llash imkoniyatlari yoritiladi. Tabaqalashtirilgan ta’lim o‘quvchilarning individual imkoniyatlari, qiziqishlari, bilim darajasi va o‘zlashtirish sur’atlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish metodidir. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, har bir bolaning potensialini ochishga yordam beradi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi. Tadqiqotda tabaqalashtirishning psixologik-pedagogik asoslari, o‘quvchilarning individual farqlari, moslashtirilgan o‘qitish strategiyalari, differensial yondashuvning afzalliklari, uni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metod va vositalar haqida ilmiy nazariyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’limni tabaqalashtirishning o‘quv jarayoniga ta’siri, o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni va pedagogik jarayonni optimallashtirishdagi ahamiyati umumlashtirilgan

Author Biography

  • Moyliyeva Dildora Abdurasulovna

    Iqtisodiyot va Pedagogika instituti

    pedagogika mutaxassisligi magistratura 1- bosqich

    707-guruh talabasi

Published

2025-11-21