XALQ OG‘ZAKI IJODI MATERIALLARI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY, AXLOQIY SIFATLARNI TARBIYALASH MANBAI

Authors

  • Baratova Madina Sunnat qizi Author

Keywords:

xalq og‘zaki ijodi, ertak, maqol-matal, doston, rivoyat, topishmoq, ma’naviy tarbiya, axloqiy sifatlar, boshlang‘ich ta’lim, tarbiyaviy ta’sir, qadriyatlar, pedagogik jarayon.

Abstract

Ushbu ishda xalq og‘zaki ijodi materiallarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqol, matal, ertak, rivoyat, doston, topishmoq kabi janrlarning tarbiyaviy kuchi, ularning bolalar dunyoqarashi, xulq-atvori, axloqiy fazilatlari va ma’naviy qadriyatlarni anglashiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Xalq ijodining mazmuni, obrazlar tizimi va undagi badiiy g‘oya o‘quvchilarda ezgulik, halollik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odob-axloq kabi fazilatlarni tarkib toptirishning samarali vositasi sifatida yoritiladi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi materiallarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik afzalliklari, dars jarayonidagi qo‘llanishi va amaliy imkoniyatlari haqida ilmiy mulohazalar keltiriladi.

Author Biography

  • Baratova Madina Sunnat qizi

    Iqtisodiyot va Pedagogika instituti  pedagogika mutaxassisligi magistratura 1- bosqich 706-guruh talabasi

Published

2025-11-24