ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTINING O’ZBEKISTON BILAN HAMKORLIGI VA MINTAQAVIY AHAMIYATI

Authors

  • Mustafoyev Muhammad Xojageldiyevich Author

Keywords:

Islom Hamkorlik Tashkiloti, O‘zbekiston, Islom Taraqqiyot Banki, mintaqaviy xavfsizlik, diplomatiya, iqtisodiy integratsiya, Afg‘oniston, Orol muammosi, ayollar taraqqiyoti, ta’lim loyihalari.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida shakllangan hamkorlikning tarixiy bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari va mintaqaviy integratsiyadagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekistonning IHTga a’zo bo‘lganidan buyon amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta’limiy va ekologik tashabbuslari ilmiy asosda o‘rganildi. IHTning mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy integratsiya, ayollar huquqlari, yoshlar siyosati va ekologiya sohasidagi o‘rni O‘zbekiston misolida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning IHTdagi faolligi uning mintaqaviy va global maydondagi nufuzini oshirgan, Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) orqali iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari kuchaygan, mintaqaviy xavfsizlikda ham O‘zbekiston muhim aktor sifatida shakllangan. Maqola natijalari O‘zbekistonning IHT bilan hamkorligi Markaziy Osiyoda barqarorlik, iqtisodiy integratsiya va ilmiy-ma’rifiy taraqqiyotga hissa qo‘shayotganini tasdiqlaydi.

Author Biography

  • Mustafoyev Muhammad Xojageldiyevich

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar va siyosiy jarayonlar yo‘nalishi magistratura 2-kurs talabasi

    muhammadamin9803@gmail.com

Published

2025-11-25