PEDAGOGIK MAHORAT — O‘QITUVCHINING KASBIY YUKSALISH KALITI
Keywords:
pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, metodik yondashuv, raqamli pedagogika, kommunikativ kompetensiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qituvchi malakasi, ta’lim sifati, pedagog kasbiy rivoji, refleksiya.Abstract
Ushbu maqolada pedagogik mahoratning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uning tarkibiy komponentlari va o‘qituvchining kasbiy yuksalishiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli pedagogika, innovatsion o‘qitish metodlari, kommunikativ kompetensiya, shaxsiy fazilatlar va kasbiy-pedagogik bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida pedagogik mahoratning kompleks modeli yoritilgan. Tadqiqotda nazariy-tahliliy, diagnostik va qiyosiy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, xalqaro (OECD, UNESCO, TALIS) va milliy tadqiqotlar asosida o‘qituvchi mahoratining ta’lim sifati bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Natijalar pedagogik mahoratni rivojlantirish o‘quvchilar motivatsiyasi, o‘quv jarayonining samaradorligi va ta’lim sifati oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Maqola zamonaviy pedagogning professional kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha konseptual yondashuvni taqdim etadi