MAQOLA MAVZUSI:XORIJDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISH TARIXI

Authors

  • Alisherxonova Madinaxon Author

Keywords:

ijtimoiy pedagogika, rivojlanish tarixi, xorij, jamiyat, pedagogika, integratsiya, ijtimoiy xizmatlar, marginal guruhlar, ta'lim tizimi, Skandinaviya davlatlari, ijtimoiy muammolar.

Abstract

Ushbu ishda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi o‘rganilgan. Tadqiqotda ijtimoiy pedagogika tushunchasi, uning maqsad va vazifalari, shuningdek, turli davrlar va mamlakatlarda pedagogik yondashuvlarning shakllanishi tahlil qilingan. Ishda XIX va XX asrlarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ijtimoiy pedagogikaning ilmiy asoslari va amaliyotdagi tajribalari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishda pedagogikaning roli va ahamiyati ta’kidlangan. Natijada, xorijiy mamlakatlardagi ijtimoiy pedagogik tajribalar zamonaviy pedagogik nazariyani rivojlantirish va amaliy faoliyatga tatbiq etish uchun muhim manba ekanligi ko‘rsatildi.

Ijtimoiy pedagogikaning ilk qadamlarini Yevropada, xususan Germaniya va Fransiyada kuzatish mumkin. Bu davrda ijtimoiy pedagogika jamiyatda ishlamagan yoki qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslar, masalan, bolalar va o'spirinlarga yordam berish maqsadida rivojlana boshladi. XX asrning o'rtalarida, ayniqsa Skandinaviya davlatlarida, ijtimoiy pedagogika o'zining amaliy jihatlarini mustahkamladi va pedagogik tizimda ijtimoiy xizmatlar va yordamchi faoliyatlar kiritildi.

Bugungi kunda xorijda ijtimoiy pedagogika global miqyosda tarqalgan, turli yurtlarda ijtimoiy integratsiya, marginal guruhlar bilan ishlash va jamiyatda adolatni ta'minlashga yo'naltirilgan kompleks tizim sifatida shakllandi. Ushbu fan asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar va amaliy tadbirlar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixini yanada boyitdi va hozirgi zamon pedagogikasida o'zining muhim o'rnini saqlab qolmoqda.

Author Biography

  • Alisherxonova Madinaxon

    University of management and

    Future technologies

    Pedagogika va psixologiya talabasi

Published

2025-11-25