HOZIRGI ZAMON BOSHQARUVIDA RAHBARLIKKA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
zamonaviy boshqaruv, rahbarlik, transformatsion yetakchilik, tranzaksion yetakchilik, xizmatiy rahbarlik, adaptiv yetakchilik, innovatsion rahbarlik, raqamli yetakchilik, strategik boshqaruv, motivatsiya, jamoaviy boshqaruv, innovatsiyalar, raqamlashtirish, liderlik kompetensiyalari, boshqaruv samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada hozirgi zamon boshqaruvi tizimida rahbarlikka zamonaviy yondashuvlarning mazmuni, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Transformatsion, tranzaksion, xizmatiy, adaptiv, innovatsion hamda raqamli (digital) yetakchilik konsepsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilib, ularning tashkilot samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada rahbarning zamonaviy kompetensiyalari – strategik fikrlash, raqamli savodxonlik, innovatsion qarorlar qabul qilish, jamoaviy boshqaruv va motivatsiya berish ko‘nikmalari alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari zamonaviy rahbarlik yondashuvlari korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion muhitni shakllantirish va xodimlar faoliyatini faollashtirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida transformatsion va raqamli yetakchilikning tatbiq etilishi boshqaruv tizimini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida baholanadi.