SHARQ ALLOMALARI MUSIQA HAQIDAGI
Keywords:
Sharq allomalari, musiqa nazariyasi, maqom, qadimiy musiqa, ilmiy meros, ilmiy asarlar, Sanoyi, Forobiy, Al-Xorazmiy, musiqa tarixi.Abstract
Sharq allomalari tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tamaddunida oʻchmas iz qoldirgan. Bu olimlarning musiqa borasidagi qarashlari, ilmiy izlanishlari va nazariy bilimlari ham, ayniqsa, oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Machitlar, madrasalar, saroylar va ziyoratgohlarda, umuman, Sharq jamiyatlarida musiqa fan sifatida alohida turar edi. Bu fan hayotning barcha sohalarini boyitgan, madaniyat va ilm taraqqiyotida muhim rol oʻynagan. Quyida Sharq allomalari tomonidan musiqaga doir yozib qoldirilgan asarlar, ularning gʻoyalari, musiqa tarixi va nazariyasiga qoʻshgan ulkan hissalari haqida batafsil toʻxtalamiz. Musiqa inson ichki dunyosining ifodasi, uning ruhiyati va ongi bilan uzviy aloqada boʻlganligi qadimdan to hozirga qadar eʼtirof etib kelinmoqda. Sharq allomalari esa musiqani shunchaki sanʼatdan iborat jarayon emas, balki ilm, g‘oya va ruhiyat ohanglarini mujassam holda yorituvchi hodisa sifatida baholaganlar.