NAFAS OLISH A’ZOLARINING TARAQQIYOTI
Keywords:
Respiratorium ,mezenxima, entoderma ,tog’ay, pufak, alveola.Abstract
Nafas a’zolari tizimi (systema respiratorium) deb nomlanib tarkibiga tashqi havo bilan qon o'rtasidagi gaz almashinuvini ta’minlovchi a’zolar : burun bo'shlig'i, halqumning burun va og'iz qismi, hiqildoq, traxeya, bronxlar va bir juft o’pka kiradi. Bularning barchasi gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gaz almashinuvi bu organizmning tashqi muhitdan kislorodni qabul qilib, o'zidan karbonat angidridni tashqi muhitga chiqarishidir. Nafas yo'llari joylashishiga qarab yuqori va pastki nafas yo'llariga bo'linadi. Nafas yo'lining ichi shilliq parda bilan qoplangan. Unda kiprikli epiteliy, ko'p sonli shilliq bezlari bo'ladi. Nafas yo'llari orqali o'tgan havo asosiy nafas a’zosi bo'lgan o'pkaga boradi. Bu yerda gazlar difluziyasi yo'li bilan gaz abmashinish jarayoni sodir bo'lib havodagi kislorod qonga o'tadi. Nafas a’zolari tizimi olinayotgan havoni tozalaydi, namlaydi, isitadi hamda tashqi muhitdagi har xil hidlarni sezadi. Nafas a’zolarining taraqqiyoti kalla suyaklari bilan bog’liq.