MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI TRANSFORMATSIYALASHDA XALQARO TAJRIBANING OʻRNI

Authors

  • Yusupova Saboxon Abdumutalibovna Author

Keywords:

maktabgacha ta’lim, transformatsiya, xalqaro tajriba, innovatsion metodlar, raqamli texnologiyalar, pedagog kompetensiyasi, rivojlantiruvchi ta’lim, UNESCO, OECD.

Abstract

Maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bugungi kunda butun dunyo ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Chunki aynan maktabgacha davr insonning intellektual, ijtimoiy va emosional rivojlanishi uchun eng muhim bosqich sanaladi. Mazkur maqolada xalqaro tajribalar — UNESCO, OECD, Finlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning ilg‘or maktabgacha ta’lim modellari o‘rganiladi. Shuningdek, ularning O‘zbekiston ta’lim tizimini transformatsiyalashdagi ahamiyati, qo‘llanish imkoniyatlari va metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xalqaro yondashuvlarni milliy sharoitga moslashtirish, pedagoglar kompetensiyasini rivojlantirish, innovatsion o‘quv dasturlarini yaratish hamda raqamli texnologiyalarni tatbiq etish zarurligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Yusupova Saboxon Abdumutalibovna

    Norin tumani 51-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosari

Published

2025-11-27