MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI TRANSFORMATSIYALASHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI

Authors

  • Soipova Gulnoza Moʻminjonovna Author

Keywords:

maktabgacha ta’lim, transformatsiya, ota-ona hamkorligi, oilaviy ta’lim, pedagogik muloqot, raqamli hamkorlik, bola rivojlanishi, kompetensiyaviy yondashuv.

Abstract

Maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiyalash va transformatsiya qilish jarayonida ota-onalar bilan samarali hamkorlik alohida strategik ahamiyatga ega. Zero, bola rivojlanishining 70–80 foizi oilada shakllanishi, ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatining esa oila va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka bog‘liqligi ilmiy manbalarda qayd etilgan. Ushbu maqolada ota-onalar bilan hamkorlikning zamonaviy yondashuvlari, pedagogik amaliyotga integratsiya qilinayotgan raqamli vositalar, oilaviy-pedagogik kommunikatsiya modellari hamda maktabgacha ta’lim tizimini transformatsiya qilish sharoitida hamkorlikning yangi mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ota-ona va pedagog o‘rtasidagi doimiy muloqot, qo‘shma pedagogik faoliyat, hamkorlikda rejalashtirish va bola rivojlanishini monitoring qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Soipova Gulnoza Moʻminjonovna

    Osiyo Xalqaro Universiteni Iqtisodiyot va Pedagogika fakulteti MM 11-P-25 guruh magistri

Published

2025-11-27