SPORT MAKTABLARI BASKETBOL MASHG‘ULOTLARIDA O‘YIN TEXNIKASINI O‘RGATISH USLUBIYATI
Keywords:
Basketbol texnikasi, dribling, to‘p uzatish, uloqtirish texnikasi, o‘yin uslubi, pedagogik texnologiyalar, sport maktabi, yosh basketbolchilar.Abstract
Ushbu maqolada sport maktablarida shug‘ullanayotgan yosh basketbolchilarga o‘yin texnikasini bosqichma-bosqich o‘rgatish uslubiyati, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mashg‘ulot jarayoniga joriy etish samaradorligi hamda texnik-taktik ko‘nikmalarning shakllanishi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida dribling, to‘p uzatish, to‘pni savatga uloqtirish, himoyaviy harakatlar va o‘yin kombinatsiyalari o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda o‘rgatildi. Mashg‘ulotlarda video-analiz, differensial ta’lim, o‘yin metodlari, kichik guruhlarda ishlash, raqobat tamoyiliga asoslangan texnik topshiriqlar qo‘llandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, tizimli va innovatsion uslubiyat asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar yosh basketbolchilarning texnik barqarorligi, koordinatsiyasi, tezkorligi, qaror qabul qilish qobiliyati va o‘yin samaradorligini sezilarli ravishda oshiradi.Downloads
Published
2025-11-30
Issue
Section
Articles