BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY HARAKATLI OʻYINLARINING ROLI
Keywords:
Milliy harakatli o‘yinlar, jismoniy sifatlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, jismoniy tarbiya, tezkorlik, epchillik, kuch, koordinatsiya, pedagogik texnologiya, an’anaviy o‘yinlar.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda milliy harakatli o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida “Arqon tortish”, “Uloq-ko‘pkari (yengil shakli)”, “Chillak”, “Oq terakmi – ko‘k terak”, “Qoch – quvla”, “Sokin – chaqqon” kabi o‘zbek xalqining an’anaviy o‘yinlari jismoniy tarbiya darslariga bosqichma-bosqich integratsiya qilindi. Milliy o‘yinlarning bolalarda tezkorlik, epchillik, kuch, chaqqonlik, muvozanat, fazoviy orientatsiya va jamoaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy harakatli o‘yinlar an’anaviy mashqlarga qaraganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini shakllantirishda yuqori pedagogik samaradorlikka ega.