TUG'RUQDAN KEYINGI AYOLLARDA ORGANIZIMNING TIKLANISH FIZALOGIYASI
Keywords:
tug‘ruqdan keyingi davr, fiziologik tiklanish, bachadon involyutsiyasi, laktatsiya, prolaktin, oksitotsin, gormonal o‘zgarishlar, onalik sog‘lomligi.Abstract
Mazkur maqolada tug‘ruqdan keyingi ayollarda organizmning tiklanish fiziologiyasi yoritilgan. Tug‘ruqdan keyingi davr (puerperium) — bu homiladorlik va tug‘ruqdan keyin ayol organizmida yuzaga kelgan o‘zgarishlarning asta-sekinlik bilan normal holatga qaytish davridir. Ushbu davr odatda 6–8 hafta davom etadi va unda ayol organizmida murakkab fiziologik, gormonal hamda psixologik jarayonlar kechadi. Tug‘ruq jarayoni davomida bachadon, siydik tizimi, yurak-qon tomir tizimi, endokrin tizim, asab tizimi hamda sut bezlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shu sababli tug‘ruqdan keyingi davrda bu tizimlarning fiziologik tiklanishi ayol salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bachadon involyutsiyasi (bachadonning avvalgi o‘lchamiga qaytishi) tug‘ruqdan keyin darhol boshlanadi va taxminan 6 xafta davom etadi. Bu jarayonda bachadon mushaklarining qisqarishi, qon tomirlarning torayishi va shilliq qavatning yangilanishi sodir bo‘ladi. Sut bezlarida esa prolaktin va oksitotsin gormonlarining ta’siri ostida laktatsiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu fiziologik holat bolaning to‘liq ovqatlanishini va ona organizmining tabiiy gormonal muvozanatini saqlashni ta’minlaydi. Yurak-qon tomir tizimi ham tug‘ruqdan keyingi davrda o‘zgarishga uchraydi. Homiladorlik vaqtida ortgan qon hajmi asta-sekin kamayadi, yurak urish tezligi me’yorga qaytadi, qon bosimi normallashadi. Endokrin tizimda esa estrogen va progesteron miqdori keskin kamayib, prolaktin darajasi ortadi. Bu esa emizish jarayonini rag‘batlantiradi. Shuningdek, ayollarda tug‘ruqdan keyin moddalar almashinuvi, siydik chiqarish tizimi faoliyati, immun tizim va asab tizimi holati tiklanadi. Psixologik jihatdan esa ayrim ayollarda "postpartum depressiya" yoki hissiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin, bu esa shifokorlar tomonidan alohida e’tibor talab qiladi. Tug‘ruqdan keyingi davrda ayolga to‘g‘ri parhez, yetarli dam olish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, emizishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda shifokor nazorati ostida bo‘lish tavsiya etiladi. Mazkur omillar organizmning fiziologik tiklanish jarayonini tezlashtiradi va sog‘lom onalikni ta’minlaydi.